1

“Kommunalchi” niqobida keksalar joniga qasd qilgan jinoyatchilar ustidan tergov ishlari yakunlandi

Jamiyat 17.02.2014, 15:41
“Kommunalchi” niqobida keksalar joniga qasd qilgan jinoyatchilar ustidan tergov ishlari yakunlandi
Bosh prokuraturaning jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan keksa yoshdagi yolg`iz yashovchi fuqarolarga nisbatan sodir etilgan qotillik va bosqinchilik holatlari bo`yicha qo`zg`atilgan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov ishlari yakunlandi.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati [url=http://genprok.gov.uz/index.php?option=com_content&view=article&id=615%3A-lr-&catid=36%3A2012-04-16-08-07-28&lang=oz]xabar beradi. Tergov davomida, uyushgan jinoiy guruh a`zolari J.Qosimov va N.Urazova o`zlarini kommunal, tibbiyot yoxud ijtimoiy ta`minot xizmatlari xodimlari sifatida tanishtirib, keksa yoshdagi fuqarolarning ishonuvchanligidan foydalanib, xonadonlariga to`siqsiz kirib, ularga nisbatan qotillik, bosqinchilik va boshqa og`ir turdagi jinoyatlarni qasddan sodir etganligi aniqlandi. 

Bosh prokuratura va ichki ishlar idoralarining xodimlaridan iborat tarkibdagi tergov-tezkor guruhi tomonidan keng qamrovli tergov tadbirlari olib borildi. J.Qosimov va N.Urazova yashash joyida tintuvlar o`tkazilib, jinoyatchilar tomonidan jabrlanuvchilardan o`g`irlangan ashyoviy dalillar topilib, olib qo`yilgan. Shuningdek, ayblanuvchilarning ko`rsatmalari hodisa sodir bo`lgan joylarda tekshirilib, bir qator sudga oid ekspertizalar tayinlangan hamda ish yuzasidan haqiqatni aniqlashga qaratilgan boshqa tergov harakatlari o`tkazildi.

Dastlabki tergov jarayonida, mazkur uyushgan jinoiy guruh tomonidan sodir etilgan barcha jinoyatlar fosh qilinib, har bir holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblov e`lon qilindi.

Tergov natijasiga ko`ra, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan O`zbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuborildi. 
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1