19.02.2014 16:06
Edvard Snouden Glazgo Universiteti rektori etib tayinlandi
Yanvar oyining boshida bir guruh talabalar Snoudenni Glazgo universiteti rektorlik saylovida nomzodini qo`yishgan edi.
Rektorning vazifasiga talabalar bilan ish yuritish va ularning qiziqishlarini universitet ma`muriyatiga etkazish kiradi.
Snouden yanvar oyida advokati orqali saylovda qatnashish uchun o`z roziligini bergan.
Saylovning 1-tur natijalariga ko`ra, Snoudenga 3124 nafar talaba ovoz bergan. 2-turda esa uning nomzodini 3347 nafar talaba qo`llagan.
Saylovda Snoudenning yaqin taqibchisi Kelvin Xoldsuortga esa bor yo`g`i 1563 nafar talaba ovoz bergan.
Hozirda Rossiyada siyosiy boshpana topgan Edvard Snoudenga AQSh hukumati jismoniy zarar etkazilmaslikka va`da bermadi.
Ma`lumotlarga ko`ra, Snouden Rossiya Federasiyasini tark etmay rektorlik lavozimida faoliyat yuritishi mumkin.
Bungacha Glazgo universiteti rektori lavozimida 4 nafar chet el fuqarolari faoliyat yuritishgan: 1914-1919 yillarda Fransiya prezidenti Raymon Puankare, 1987-1990 yillarda Nelson Mandelaning rafiqasi Vinni Mandela, 1962-1965 yillarda JARlik Albert Jon Lutuli va 2005-2008 yillarda isroillik fizik Mondexay Vanunu.
Glazgo universiteti Shotlandiyadagi eng katta va eski universitetlardan biri bo`lib, unga 1451 yilda asos solingan. Ilk rektorlik saylovlari 1452 yilning 18 sentyabrida bo`lib o`tgan.
Edvard Snouden o`tgan yilning bahorida katta mashhurlikka erishdi. AQSh milliy havfsizlik agentligi sobiq xodimi OAV vakillariga mahfiy hujjatlarni taqdim etgan. Bu hujjatlar yordamida AQSh Evropa mamlakatlarining siyosiy shaxslarini, internet foydalanuvchilarni kuzatishlari ma`lum bo`lgan.





