Gap shundaki, Xarnaam tuxumdonlarida yarimkistoz sindromi mavjud. Organizmdagi bu buzilish erkaklar gormonlarining oshib ketishiga olib kelishi mumkin. Yuzdagi soqol ham aynan ana shuning asorati hisoblanadi. Xarnaamning yuzlarida ilk tuklar paydo bo`lganida u bor yo`g`i 11 yoshda bo`lgan. Tez orada uning ko`krak qismi hamda qo`llari ham soch bilan qoplangan.
Soqol qizga ancha muammolar keltirgan: u haftada ikki marotaba ularni olib tashlar, ammo bu ushbu jarayonni murakkablashtirishdan boshqa narsa emas edi. Xarnaam hatto uydan ko`chaga chiqishdan ham bosh tortgan davrlari bo`lgan. Uning bu qadar tushkunlikka tushishi joniga qasd qilish istagini ham keltirgan.
O`zining ushbu tomonlari bilan qiz ko`cha-kuy va maktabida juda ko`p tahqirlarga duch kelgan. Internetdagi notanish kimsalar unga o`lim bilan tahdid ham qilishgan. Ammo shundan so`ng Xarnaam sikxizm masxabini qabul qildi, endi u ustarani bir chetga surib qo`ydi. Sikxlarga soch va soqol olish ta`qiqlangan. Endi u boshqa hech qachon soqolini olmasligini ma`lum qildi. “Xudo meni shunday yaratgan va men shundayligimcha baxtliman. Men o`zimni juda maftunkor his etaman va o`zimni borimcha yaxshi ko`rishni o`rgandim”- deydi u.
Uni ko`pincha erkaklar bilan adashtirishsa ham u o`zini xaqiqiy ayolday his qiladi. Xarnaam hatto kiyimlarni ham aynan ayollarbopini tanlaydi.
"Mening soqolimga ayniqsa bolalar hayrat bilan qarashadi. Men ularga bu Xellouin uchun niqob ekanligini aytaman. Ba`zilar esa mendan soqolimni qaerdan sotib olganimni so`rashadi", – deydi qiz.
Xarnaam o`z kechinmasi bilan YouTube tarmog`i orqali o`rtoqlashdi. Uning voqeasi ayollarni o`ziga ko`proq ishonishga chaqirishiga u ishonadi. "Ko`pchilik odamlar meni yoqib yuborish bilan po`pisa ham qilishadi, ammo menga ijobiy fikr bildiradiganlar ham talaygina. Ko`p erkaklar tomonidan ham ijobiy fikrlar olaman – bittasi hatto turmushga chiqishni ham taklif qildi!" – deydi u.





