AsosiyJamiyat

AVTOMAShINA O`G`RISI UShLANDI

'AVTOMAShINA O`G`RISI UShLANDI'ning rasmi

Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumani IIB navbatchilik qismiga “Qo`rg`oncha” qo`rg`oni Tinchlik ko`chasidan “VAZ-21063” rusumli avtomashina olib qochilgani haqida xabar kelib tushadi.

Tezkor-tergov guruhi tomonidan ko`rilgan choralar natijasida, avtomashina “Qo`rg`oncha” qo`rg`oni hududidan topildi va ushbu jinoyatni Quyichirchiq tumanida yashovchi 1998 yilda tug`ilgan A.A. sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar