21.02.2014 16:37
O`zbekistonda uchta yangi vaksina joriy qilinadi
Milliy immunizasiya taqvimi rotavirus, pnevmokok infeksiyasi hamda HPV-inson papillomasi virusiga qarshi emdorilar bilan to`ldiriladi.
Bu yil tibbiyot xodimlari Milliy emlash taqvimiga asosan profilaktik emlash ishlari bilan 97% aholini qamrab olishni rejalashtirgan. Bu esa mamlakatda infeksiyalar bo`yicha epidemiologik holatni ta`minlashga yordam beradi, deya [url=http://ut.uz/]xabar beradi UT nashri.
Bugungi kunda Immunizasiya Milliy taqvimiga ham rejali ham epidemiologik ko`rsatmalarga asosan amalga oshiriladigan emdorilar kiritilgan. Rejali asosda barcha bolalar 10 nf infeksiyaga qarshi emlanadi. Epidemiologik ko`rsatmalarga asosan amalga oshiriladigan emlashlarga gripp, quturish va sibir yazvasi kabi kasalliklar kiradi.
2000 yildan Immunizasiya taqvimi uch marta to`ldirilgan: unga V geppatitiga qarshi, XIB infeksiyasi va qizilchaga qarshi rejali vaksinalar kiritilgan.
2014 yilda ushbu ro`yhat rotavirus infeksiyasi bilan to`ldiriladi, bu esa bolalar o`rtasidagi diareya kasalligini 15-20% kamaytirishga yordam beradi. Darvoqe bunday vaksina O`rta Osiyoda ilk bor bizning mamlakatimizda amalga oshiriladi.
Ro`yhat keyingi yillar ham to`lishda davom etadi. Xususan, 2015 yilda pnevmokok infeksiyaga, 2016 yilda esa HPV – inson papillomasi virusiga qarshi emdorilar tatbiq etiladi.