1

“Sog`lom bola yili”da 6,6 millionga yaqin bola chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi

Jamiyat 24.02.2014, 10:43
“Sog`lom bola yili”da 6,6 millionga yaqin bola chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi
“Sog`lom bola yili” Davlat dasturi doirasida yil davomida maktabgacha ta`lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va o`quvchilarning 6,6 millionga yaqini chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi, tarkibida yod moddasi bo`lgan dori-darmonlar vositasida sog`lomlashtiriladi.

Joriy yilda sog`lom farzandlar tug`ilishi va ularning salomatligini mustahkamlash uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi. MDH mamlakatlarida o`xshashi bo`lmagan zamonaviy ko`p tarmoqli bolalar markazini (IV darajali) qurish va uni yuqori texnologik tibbiyot uskunalari bilan jihozlash ko`zda tutilgan.

Respublika ixtisoslashgan pediatriya ilmiy-amaliy markazining qator bo`linmalari, ToshPTI klinikalari, 13 viloyat ko`p tarmoqli bolalar tibbiy markazlari, 62 tuman tibbiyot birlashmalari va boshqa tibbiy va tibbiy-ijtimoiy muassasalar quriladi hamda tubdan ta`mirlanadi. Ularning barchasi zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlanadi, bu bolalarga jahon standartlari darajasida ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam ko`rsatish imkonini beradi.

Aholining sanitariya-epidemiologik barqarorligini ta`minlashning eng samarali vositalaridan biri yuqumli kasalliklar profilaktikasidir. Shu maqsadda turli infeksiyalarga qarshi yangi vaksinalarning bosqichma- bosqich joriy qilinishini hisobga olib, bolalarni emlash dasturini takomillashtirish zarur. Milliy emlash taqvimi asosida kontingentning kamida 97 foizini qamrab olgan profilaktik vaksinasiya qilish ko`lami kengaytiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1