24.02.2014 11:14
Talabalarga qonunchilik ham o`qib, ham ishlashga yo`l beradimi?
Fuqaro savoliga O`zbekiston Advokatlar palatasi mutaxassislarining javoblari quyidagicha:
Javob: O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 249-moddasiga asosan, ta`lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o`qib, o`quv rejasini bajarayotgan xodimlar mehnat to`g`risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan tartibda ish joyidan haq to`lanadigan qo`shimcha ta`tilga chiqish, qisqartirilgan ish haftasi sharoitida ishlash va boshqa imtiyozlar olish huquqiga egadirlar.
Shuningdek, mazkur kodeksning 250-moddasiga ko`ra, ta`lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o`qiyotganlarga yillik ta`tillarni ish beruvchi ularning xohishiga ko`ra imtihonlar va laboratoriya-imtihon sessiyalari vaqtiga to`g`rilab berishi shart.