1

Bojxonachilar 2400 dona audio-video kasseta va disklarning noqonuniy aylanmasiga chek quyishdi

Jamiyat 24.02.2014, 12:49
Bojxonachilar 2400 dona audio-video kasseta va disklarning noqonuniy aylanmasiga chek quyishdi
Toshkent viloyati  bojxonachilari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda  mamlakatimiz va horijda tayyorlangan filmlar, turli konsertlar va boshqa materiallarni noqonuniy ravishda ko`paytirib, mualliflikka oid huquqlarni qo`pol ravishda buzayotgan videoqaroqchilarga qarshi qaratilgan chora-tadbirlarni muntazam olib borishmoqda.
 
Xususan, qo`shni davlatdan mamlakatimizga o`tish uchun “G`isht-ko`prik” chegara bojxona kompleksiga piyoda xolda kirib kelayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi L.Markova o`zi tomonidan to`ldirilgan T-6 shaklidagi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va bojxona inspektorining og`zaki so`rovi vaqtida aytilmagan 227 dona xorijiy video filmlar yozilgan kontrafakt DVD disklar borligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
 
Yana bir shunga uxshash holatda Rossiya Federasiyasidan qo`shni davlat orqali yurtimizga yuqorida keltirilgan bojxona maskaniga piyoda xolda kirib kelayotgan fuqarosi Sh.Ibragimova bojxona deklarasiyasida o`ziga tegishli jami 160 dona kino va musiqalar yozilgan kontrafakt DVD disklar borligini qayd etishni guyo “unitib quygan”.
 
Shuningdek, Qozog`iston Respublikasidan “G`isht-ko`prik” chegara bojxona kompleksiga piyoda xolda kirib kelayotgan fuqaro A.Togaev o`zi tomonidan tasdiqlangan T-6 bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va bojxona inspektorining og`zaki so`rovi vaqtida aytilmagan “Lenovo” nomli noutbuk xotirasiga yozilgan 249 dona pornografik mazmundagi videotasvirli elektron fayllar borligi aniqlangan.
 
Takidlash joizki, o`tgan 2013 yildan shu kunga qadar Toshkent viloyati  bojxona xodimlari boshqa huquqni muxofaza qiluvchi organ va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borgan chora-tadbirlar davomida aniqlangan 80 dan ortiq qonunbuzarlik holatlarida salkam 2400 dona audio-video kasseta va turli formatdagi disklarning noqonuniy aylanmasiga chek quyilgan.
 
Mazkur holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan tegishli choralar ko`rildi. Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan ushbu yo`nalishdagi ishlar davom ettirilmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1