1

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Navro`z bayramiga tayyorgarlik ko`rish to`g`risidagi Qarori

Jamiyat 25.02.2014, 09:23
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Navro`z bayramiga tayyorgarlik ko`rish to`g`risidagi Qarori

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 2014 yilgi Navro`z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida Qaror imzoladi.

Xalqimiz uchun sharqona yangi yilning boshlanishi, eng qadimiy, asl milliy, eng ardoqli bayram bo`lmish Navro`z ayyomini markazda va joylarda har tomonlama puxta tayyorgarlik bilan kutib olish va nishonlash mamlakatimizda ezgu an`anaga aylanib qoldi.  Bugungi kunda ushbu umummilliy bayramning ma`naviy hayotimizdagi o`rni va ta`siri, insonning tabiat bilan uyg`un bo`lib yashashi, uning qalbida ezgulik, mehr-oqibat, bag`rikenglik kabi olijanob tuyg`ularni uyg`otish, jamiyatimizda o`zaro hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodimizni milliy qadriyat va an`analarimiz ruhida kamol toptirish borasidagi ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ana shularning barchasini inobatga olib hamda Navro`z bayramini yuksak saviyada, munosib tarzda nishonlash maqsadida:

1. Bayramga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha tashkiliy    qo`mita   tarkibi  1-ilovaga,   ijodiy  guruh  tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.  Tashkiliy qo`mita va uning hududiy bo`limlari Navro`z bayramini poytaxtimiz Toshkent shahrida, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, barcha shahar, tuman va qishloqlarda umumxalq sayillari shaklida ko`tarinki ruhda o`tkazishga qaratilgan, “Har kunimiz Navro`z bo`lsin!” degan shiorni asosiy g`oya sifatida o`zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma`naviy tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.

2. Tadbirlar rejasini tayyorlashda quyidagi masalalarga alohida e`tibor qaratilsin: Navro`z faslida insonning tabiat bilan hamohang bo`lib, o`zini tabiatning ajralmas bir qismi deb his etishini ifoda qiladigan, atrof-muhitni, ona zaminni e`zozlab, uning ne`matlarini, bugungi tinch hayotni qadrlab, shukronalik tuyg`usi bilan yashashga da`vat etadigan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarni uyushtirish;  joylarda bo`lib o`tadigan uchrashuv va suhbatlarda, ommaviy axborot vositalarida Navro`z bayramining tarixi, uni nishonlash bilan bog`liq urf-odat, an`ana va qadriyatlarimizning mohiyati va ahamiyatini keng yoritish; mamlakatimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat`i nazar, barcha yurtdoshlarimiz uchun sevimli bayramga aylangan Navro`zning ruhi va falsafasida mujassam bo`lgan ahillik va hamjihatlik, mehru saxovat, keksalarga hurmat-ehtirom ko`rsatish, ko`makka muhtoj insonlarga beg`araz yordam berish bilan bog`liq tadbirlarni amalga oshirish; yangi dehqonchilik mavsumining boshlanishi, yasharish va yangilanish, qut-baraka, obodlik va farovonlik ramzi bo`lmish  Navro`z faslida mahallalarda, shahar va qishloqlarimizda hasharlar, keng ko`lamdagi obodonchilik va ko`kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish; Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan bayram dasturlariga folklor  guruhlari,  badiiy  havaskorlik  jamoalari,  oilaviy ansambllar, baxshi-shoirlar, shuningdek, professional ijrochilar va iste`dodli estrada artistlarini tanlov asosida jalb etish;  bayram dasturlarini tayyorlashda xalq o`yinlari, folklor san`ati namunalariga, el-yurtimizning dilidan chuqur joy olgan, go`zal insoniy tuyg`ularni yuksak pardalarda tarannum etadigan kuy va qo`shiqlar, o`lan va laparlarga keng o`rin berish.

3. Belgilab qo`yilsinki, o`tkaziladigan bayram tadbirlari: Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda Qoraqalpog`iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar hamda joylardagi ishlab chiqarish korxonalari, xo`jaliklar, jamg`armalar hisobidan; Toshkent shahrida respublika byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti  mablag`lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.

4. O`zbekiston matbuot va axborot agentligi, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Navro`z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini ta`minlash O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoev zimmasiga yuklansin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1