25.02.2014 11:15
Soliq qo`mitasi daromad to`g`risida deklarasiya topshirish haqida eslatib qo`ydi
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to`g`risidagi deklarasiya soliq to`lovchining olingan yillik daromadi to`g`risidagi yozma arizasidan iborat bo`ladi.
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to`g`risidagi deklarasiyasiga asosiy ish joyi bo`yicha to`langan daromadlar va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ining ushlab qolingan summalari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi va O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakldagi ma`lumotnoma ilova qilinadi.