25.02.2014 13:12
Nechi yoshda pensiyaga chiqish mumkin?
Ushbu savolga huquq magistri Farrux Fayziev javob beradi:
Javob: Fuqarolar pensiya olish huquqi paydo bo`lganidan so`ng istalgan paytda pensiya tayinlashni so`rab murojaat etishlari mumkin. "Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida"gi Qonunining 8-moddasigada keltirilishicha, pensiya tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo`lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar ushbu Qonun 37-moddasi birinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kamida 5 yil ish staji mavjud bo`lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.
Mazkur Qonunning 19-moddasining ikkinchi qismiga binoan, ish staji to`liq bo`lmagan chog`dagi pensiyalar:
yoshga doir pensiyalar uchun - eng kam oylik ish haqining 50 foizidan;
I guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun - eng kam oylik ish haqining 100 foizidan;
II guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun - eng kam oylik ish haqining 50 foizidan;
oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a`zosiga boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi uchun - eng kam oylik ish haqining 50 foizidan;
ham otasi, ham onasidan judo bo`lgan (chin etim) har bir bolaga boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi uchun - eng kam oylik ish haqining 100 foizidan kam bo`lmasligi lozim.