AsosiyJamiyat

​QAShQADARYoDA 344 TA KO`P QAVATLI UY QISh MAVSUMIGA TAYYoR BO`LDI

'​QAShQADARYoDA 344 TA KO`P QAVATLI UY QISh MAVSUMIGA TAYYoR BO`LDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi “Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5017-sonli farmoni, shu kundagi “O`zbekiston Respublikasi O`y-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi PQ-2900-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 iyundagi 340-sonli qarori hamda Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi va Inspeksiya tomonidan hududlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ichki normativ hujjatlar va topshiriqlar ijrosini tashkil etish hamda ta`minlash bo`yicha Ko`p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish Inspeksiyasining Qashqadaryo viloyat hududiy inspeksiyasi xodimlari tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Toshkent TOShEV, Qashqadaryo viloyati hududiy inspeksiya boshlig`i:

  • Qashqadaryo viloyatida jami 1703 ta ko`p qavatli uylar mavjud bo`lib shundan, 1022 tasi 2 qavatli, 43 tasi 3 qavatli, 573 tasi 4 qavatli va 65 tasi 5 qavatli uylardan iborat. Ushbu uylarga 147 ta XUJMShlar xizmat qiladi. mahalla oqsoqollari, XUJMSh raislari, shirkatlarga biriktirilgan bank xodimlari, pudrat tashkilot raxbarlari, kommunal boshqarma xodimlari, raxbariyati va tumanlar xokimlari bilan ko`p qavatli uy-joylarni 2017-2018 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo`yicha uchrashuvlar o`tkazildi. Kommunal soxaga oid ayrim muammolar joyida hal qilindi.
  • Hududiy inspeksiya tomonidan bugungi kunga qadar 261 ta uy-joy fondlari o`rganib chiqilgan.
  • Qashqadaryo viloyat ko`p qavatli uylar atrofidagi 541 ta noqonuniy qurilishlar viloyat xududiy inspeksiyasi va viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish boshqarmasining tuman bo`limlari xodimlari tomonidan buzdirilgan bo`lib, joylarda obodonlashtirish ishlari olib borilgan.

Joriy yilda “Ko`p qavatli uy-joy fondini 2017-2018 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash chora-tadbirlari” bo`yicha 2017 yilda jami 382 ta ko`p qavatli uylarni joriy va kapital ta`mirlash rejalashtirilgan bo`lib, amalda bugungi kunga qadar viloyatda 344 ta ko`p qavatli uylarda ta`mirlash ishlari yakuniga etgan bo`lib, 38 ta uyda ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.

Muhiddin FOZILOV, Qashqadaryo viloyati hududiy inspeksiya inspektori:

Jumladan, Koson tumanida jami 72 ta uy-joy fondlari mavjud bo`lib, hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan 19 ta uy-joy fondi o`rganilgan. Shundan 19 tasi ham erto`la qismida muhandislik uskunalari ta`mirtalabligi, jumladan, 5 ta uyning ertulasi sanitariya holati yomonligi, 19 ta uyda issiqlik uzatuvchi tizimi ta`mirtalabligi, 19 ta uyda zadvijka va vintellari nosozligi, 19 ta uyda issiq va sovuq suv quvurlari ta`mirtalabligi, 2 ta uyda elektr qutisi ta`mirtalabligi, 3 ta uyda yoritish tizimi yo`qligi, 1 ta uyda tom qismi ta`mirtalabligi, 15 ta uyda yo`laklar ta`mirtalabligi, 12 ta uyda tutash hududlarning sanitariya holati va yoritish tizimi yomonligi, 5 ta uyda fasad qismi ta`mirtalabligi, 4 ta uy atrofidagi irrigasiya tarmog`i, trubomostlar ta`mirtalabligi, 19 ta uyda markaziy issiqlik uzatuvchi quvurlar ta`mirtalabligi va 21 uylar tutash hududlarida noqonuniy qurilmalar mavjudligi aniqlangan.

Shuningdek, Muborak tumanida jami 126 ta uy-joy fondlari mavjud bo`lib, hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan 28 ta uy-joy fondi o`rganilgan. Shundan 28 tasi ham erto`la qismida muhandislik uskunalari ta`mirtalabligi, jumladan, 2 ta uyning ertulasi sanitariya holati yomonligi, 28 ta uyda issiqlik uzatuvchi tizimi ta`mirtalabligi, 28 ta uyda zadvishka va vintellari nosozligi, 28 ta uyda issiq va sovuq suv quvurlari ta`mirtalabligi, 5 ta uyda elektr qutisi ta`mirtalabligi, 25 ta uyda yoritish tizimi yo`qligi, 5 ta uyda tom qismi ta`mirtalabligi, 6 ta uyda yo`laklarlar ta`mirtalabligi, 15 ta uyda tutash hududlarning sanitariya holati va yoritish tizimi yomonligi, 7 ta uyda fasad qismi ta`mirtalabligi, 9 ta uy atrofidagi irrigasiya tarmog`i, trubomostlar ta`mirtalabligi, 28 ta uyda markaziy issiqlik uzatuvchi quvurlar ta`mirtalabligi aniqlangan.

Bo`tayor RAXMONOV, Qashqadaryo viloyati hududiy inspeksiya inspektori:

Shu jumladan, Qashqadaryo viloyat hududiy inspeksiyasining sa`yi-harakati bilan bevosita 190 dan ziyod noqonuiy qurilishlar aniqlangan, 125 tasida buzdirish ishlari olib borilgan. Buzilmagan 65 tasiga majburiy ko`rsatma berilgan, shundan 48 tasini aholi o`z ixtiyori bilan buzgan, 15 tasi bo`yicha Ma`muriy sudlarga da`vo arizasi kiritish bo`yicha hujjatlar tayyorlanib, 2 tasi bo`yicha da`vo arizasi kiritilgan.

Hududiy inspeksiya tomonidan Qarshi shahridagi “Tabassum” XUJMShga qarashli ko`p qavatli uylardagi noqonuniy qurilmalar bo`yicha 15 ta ma`muriy ish hujjatlari rasmiylashtirilgan. Ushbu hujjatlar to`liq jamlanishi bilan tegishli tartibda hududiy inspeksiya tomonidan ma`muriy ish xujjatlari shahar sudiga taqdim etiladi.

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri 3-mitti tuman Husniobod ko`chasida joylashgan “Binokor” XUJMShga qarashli 82b-uy 1-xonadon egasi Tasheva Lutfiya Sattarovna tomonidan ko`p xonadonli uyning old qismidan noqonuniy o`zboshimchalik bilan qo`shimcha bino qurib olganlik holati aniqlangan. Ushbu holatni joyida bartaraf etish maqsadida tegishli soha vakillari (shahar kadastr xodimi, shahar Arxitektura va qurilish bo`limi bushlig`i, viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish boshqarmasi boshlig`i va tegishli mutaxassislar hamda hududiy inspeksiya boshlig`i va inspektorlari, mahalla va shirkat raislari, uchastka noziri) chaqirtirilgan va ushbu noqonuniy imorat mulk egasi tomonidan o`z ixtiyori bilan buzilgan.

QAShQADARYo AHLI UChUN ESLATMA: Hududiy inspeksiyaning fozilovm@umail.uz mazmundagi elektron pochtasi va viloyat fuqarolarining arizalarini qabul qilish uchun 75-225-16-35 raqamli ishonch telefoni ochilgan.

    Boshqa yangiliklar