1

Yangi veb-portal taqdimoti bo`lib o`tdi

Jamiyat 26.02.2014, 12:12
Yangi veb-portal taqdimoti bo`lib o`tdi
O`zbekiston Milliy matbuot markazida O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasining yangi dizayndagi www.wcu.uz rasmiy sayti hamda O`zbekiston tadbirkor va kasanachi ayollarning www.bizayol.uz rasmiy veb-portali taqdimoti bo`lib o`tdi.  
 
O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasining yangilangan rasmiy veb-sayti yagona interaktiv davlat xizmatlar portali www.my.gov.uzga a`zo bo`lgani, qolaversa, O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi tomonidan ishlab chiqilgan mamlakatimiz gender statistikasi bo`yicha ilk www.gender.stat.uz veb-saytini yaratishda hamkorlik qilgani e`tiborga molikdir. Bu haqda O`zA xabar beradi.
 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qaroriga muvofiq qo`mitaning internetdagi rasmiy veb-sayti dizayn va texnik jihatdan yangilandi. Endilikda uning sahifalarida mamlakatimizda xotin-qizlarni har jihatdan qo`llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyalash, onalik va bolalik manfaatlarini ta`minlashga oid yaratilgan tizim, uning mazmun-mohiyati, O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi faoliyati, sohaga oid yangiliklar bilan tanishish mumkin.
 
Mazkur jamoat tashkilotining «O`zbekiston Respublikasi ishbilarmon va kasanachi ayollarning korporativ portalini yaratish» loyihasi asosida yaratilgan www.bizayol.uz veb-portali tadbirkor, kasanachi ayollar, kasb-hunar kollejlarini bitirib o`z tadbirkorlik ishini boshlash istagidagi qizlar uchun ayni muddaodir. Portalda tadbirkorlik va kasanachilik bo`yicha me`yoriy-huquqiy hujjatlar, sohaga oid eng so`nggi yangiliklar keltirilgani xotin-qizlar uchun qo`shimcha afzalliklar yaratadi. Unda «Interfaol xizmatlar», «Mutaxassislarning axborot,moliyaviy va maslahat ko`magi» singari maxsus ruknlarning tashkil etilgani o`z biznesini boshlash istagidagi ayollarni befarq qoldirmaydi.
 
Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi E.Bositxonova so`zga chiqdi.
 
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1