20 noyabr, dushanba tongidan O`zbekistondagi bir qator davlat tuzilmalari saytlari, taxminlarga ko`ra, huquqbuzarlarning hujumi oqibatida ishlamay qoldi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.
Ushbu xabar tayyorlanayotgan vaqtda Adliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Davlat test markazi va boshqa idoralarning saytlari ishlamayotgan edi.
Ayni vaqtda, O`zbekistonning aksariyat davlat saytlari, xususan, Hukumat portali odatdagi tartibda ishlashda davom etmoqda.
Saytlar joylashgan UZINFOCOM data-markazidan ma`lum qilishlaricha, ularning faoliyati yaqin vaqt ichida qayta tiklanadi.






