AsosiyJinoyat
3644

TADBIRKORNING TANIShI FIRIBGAR BO`LIB ChIQDI

'TADBIRKORNING TANIShI FIRIBGAR BO`LIB ChIQDI'ning rasmi

Kosonsoy tumanilik xususiy tadbirkor D. Ahmadxonning soddaligi o`ziga pand berdi. U 2015 yilning dekabr oyida Namangan shahrida yashovchi tanishi S. Murodbekning “bir oyda qaytaraman”, degan gapiga ishonib, 75 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag`ini qarzga berib yuboradi. Biroq do`sti lafzida turmaydiganlar toifasidan ekan. U qarzga olingan pulni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi, qaytarishni esa xayoliga keltirmaydi. Oradan ikki yilga yaqin vaqt o`tib firibgarning domiga ilinganligini tushunib etgan D.Ahmadxon ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat qildi.

Tuman ichki ishlar bo`lim tomonidan ushbu holat bo`yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo`yicha ish qo`zg`atilib, surishtiruv olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar