AsosiyShou-biznes

Tohir Sodiqov: “Mendan o`tadigan san`atkor bo`lmasa, unga qizimni bermayman!”

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Tohir Sodiqov 7-8-9 mart kunlari “Istiqlol” san`at saroyida “Bolalar shou” nomli konsert dasturini taqdim etishi haqida avvalroq xabar bergan edik.
 
“Darakchi” gazetasi konsert va xotin-qizlar bayrami oldidan sevimli xonandamiz bilan suxbat uyushtirdi. 40 yoshdan oshgan bo`lishiga qaramay, tinimsiz sevgi mavzusida kuylab, barcha ayollarning mehrini qozonib yurgan ijodkor intervyu davomida turli qiziqarli savollarga javob berib o`tdi. Suhbatda u nafaqat kutilayotgan konserti balki oila, qizini uzatishi mumkin bo`lgan kuyov mavzulariga ham to`xtaldi.
   
- Kuyovingiz san`atkor bo`lishini istamaysiz-a

- (Jilmayib) Ochig`i, ba`zida ayolimga juda achinaman. Chunki biz san`atkorlar bilan yashash juda qiyin. Kunimiz tartib bilan o`tmaydi. Shularni bilganim uchun qizimning onasi singari qiynalishini istamayman. Ammo mening aytganim emas, taqdir buyurgani bo`ladi. Yana bir gap - agar Tohir Sodiqovdan o`tadigan san`atkor bo`lmasa, unga qizimni bermayman!

Intervyuning to`liq talqinini “Darakchi” gazetasining 6-sonida (6-mart kuni sotuvga chiqadi) o`qishingiz mumkin. O`tkazib yubormang!

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar