AsosiyJAMIYAT

Bugun havo harorati 37 darajagacha ko'tariladi

“O‘zgidromet” respublika hududlari bo‘yicha ob-havo prognozini e’lon qildi.

'Bugun havo harorati 37 darajagacha ko'tariladi'ning rasmi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. 23–25 va 27–29 may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26 va 30 mayda ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 13–22 daraja, kunduzi esa 25–37 daraja atrofida bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida 23–24 may kunlari yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi kutilmoqda. 27 va 29 mayda ham qisqa muddatli yog‘ingarchilik ehtimoli bor. Hafta oxiriga kelib havo harorati kunduzi 35 darajagacha ko‘tariladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 23–24 mayda yomg‘ir yog‘adi, ayrim hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin. 25–30 may kunlari havo asta-sekin isib, kunduzi 30–35 darajagacha etadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 23–24 mayda yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilingan. Keyingi kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 38 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 23–25 may kunlari yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. 25 maydan keyin havo harorati asta-sekin ko‘tarilib, 30–35 darajagacha etadi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda hafta davomida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. 23–24 may kunlari ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘ishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar