1

​QIRG`IZISTON RESPUBLIKASIDA QIDIRUVDA BO`LGAN ShAXS UShLANDI

Jinoyat 27.11.2017, 11:20
​QIRG`IZISTON RESPUBLIKASIDA QIDIRUVDA BO`LGAN ShAXS UShLANDI

2017 yilning 25 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o`tkazilgan «Tozalash-antiterror» tadbiri jarayonida, Mirzo Ulug`bek tumanida joylashgan «Sayohat» mexmonxonasi yonida, 1973 yilda tug`ilgan, Qirg`iziston Respublikasi fuqarosi, Qirg`iziston Respublikasida " Qotillik " jinoyat sodir etganligi uchun qidiruvda bo`lgan Abduraxmonov Saibjon Maxmudjonovich ushlandi.

S.M.Abduraxmonovdan bir dona o`zining nomiga rasmiylashtirilgan va bir dona o`zining surati tushirilgan, lekin boshqa shaxsning anketa ma`lumotlari ko`rsatilgan Rossiya Federasiyasining fuqarolik pasporti rasmiylashtirib olingan.

Ushbu fuqaro bilan olib borilgan surishtiruv jarayonida, o`zining fotosurati tushirilgan, lekin boshqa shaxsning anketa ma`lumotlari kiritilgan Rossiya Federasiyasining fuqarolik pasportini Rossiya Federasiyasining Omsk shahrida qalbakilashtirganligi, ushbu pasportdan MDX davlatlarida foydalanganligi aniqlangan.

2017 yilning 25 noyabr kuni S.M.Abduraxmonov O`zbekiston Respublikasi IIV JIEBBga qarashli 1-sonli Tergov hibsxonasiga joylashtirilib, hozirda uni Qirg`iziston Respublikasiga etap qilish choralari ko`rilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1