1

"Yilning eng faol jurnalisti – 2013" tanlovi e`lon qilindi

Jamiyat 04.03.2014, 12:16
"Yilning eng faol jurnalisti – 2013" tanlovi e`lon qilindi

Hurmatli hamkasblar!

O`tgan 2013 yilda mamlakatimiz o`zi tanlab olgan va og`ishmay ilgarilab borayotgan taraqqiyot yo`lidan yana bir dovon oshdi. Mustaqillik deb atalgan bebaho ne`mat, xalqimizning fidokorona mehnati, uning tobora yuksalib borayotgan tafakkuri, ertangi kunga bo`lgan ishonchi, ezgu orzu-intilishlari mahsuli bo`lgan yutuq va muvaffaqiyatlarimiz jahon hamjamiyati tomonidan yanada keng e`tirof etildi.

Taraqqiyotning o`zbekona yo`li, tarix va istiqbol kesishgan chorrahalar, milliy qadriyatlarimiz rivoji, xalqimiz hayotidagi yangilanishlar, xususan, “Obod turmush yili” Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar ommaviy axborot vositalari faoliyati va jurnalistlar ijodida ustuvor o`rin tutdi.

Aziz hamkasblar, O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi sizlarni “Yilning eng faol jurnalisti – 2013” tanlovida qatnashishga taklif etadi. Tanlovga 2013 yilning 1 iyunidan 2014 yilning 1 iyunigacha gazeta va jurnallarda, internet nashrlarida e`lon qilingan materiallar, efirga uzatilgan teleko`rsatuv va radioeshittirishlar qabul qilinadi.

Materiallar tanlovga tahririyatlar tavsiyasi bilan O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar bo`limlari orqali joriy yilning 5 iyunigacha muallifning ish joyi, telefoni, manzili haqidagi ma`lumotlar va pasport nusxasi ilova qilingan holda taqdim etilishi lozim.

“Yilning eng faol jurnalisti – 2013” tanlovi g`oliblari va sovrindorlariga diplom hamda qimmatbaho sovg`alar Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag`ishlab 27 iyunda o`tkaziladigan bayram tadbirida topshiriladi.

Materiallar “Yilning eng faol jurnalisti – 2013” tanloviga deb ko`rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

Toshkent shahri, 100129,
Navoiy ko`chasi, 30-uy.
O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi
3-qavat, 30-, 35-,xonalar
Telefonlar: 244-64-61; 244-37-87. 
www.journalist.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1