Yunus-Obodda avtomobil gaz baloni portladi: qurbonlar yo`q

Jamiyat 05.03.2014, 10:39
Yunus-Obodda avtomobil gaz baloni portladi: qurbonlar yo`q

Bugun tungi soat 2:30 oralig`ida Yunus-Obod tumani 11-dahasida portlash sodir bo`lgan.

Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida IIB YoHBB Toshkent shahar bo`limiga qo`ng`iroq qildik.

Bizga berilgan ma`lumotlarga ko`ra, portlash o`z vaqtida sinovdan o`tkazilmagan gaz balon nosozligi, ya`ni unda hosil bo`lgan yoriq oqibatida sodir bo`lgan. Gaz balon portlagan “Jiguli” avtomobilida voqea payti hech kim bo`lmagan, mashina turgan joyida portlab ketgan, avtomobil o`chiq holda bo`lgani sababli esa yong`in yuzaga kelmagan. 

Boshqarmada aytilishicha, bunday noxush holatlar bo`lmasligi uchun gaz balon uskunasini o`rnatgan haydovchilar uni o`z vaqtida maxsus tekshiruvdan o`tkazishlari shart.

Sababi mashinaga quyilgan oz miqdordagi ortiqcha gaz ham unda shish hosil bo`lishiga, oqibatda esa yoriq hosil bo`lib, ana shunday baxtsiz hodisalar yuzaga kelishiga olib keladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1