1

​BUXORODA HOKIMIYaT VAKILLARIGA QARShILIK KO`RSATGAN “MUShTUMZO`RLAR” QO`LGA OLINDI

Jinoyat 04.12.2017, 14:55
​BUXORODA HOKIMIYaT VAKILLARIGA QARShILIK KO`RSATGAN “MUShTUMZO`RLAR” QO`LGA OLINDI

Bu haqda Buxoro viloyati IIB ma`lumot bermoqda. Ma`lum qilinishicha, Romitan tumani Prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman bo`limi davlat inspektori Zikrullaev o`ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida, Romitan tumani, Qumrabot MFY, Dilrabo qishlog`ida yashovchi, 1988 yilda tug`ilgan To`laev Husniddin G`afurovichning xonadonida aniqlangan tabiiy gaz tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulanganlik holati yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va aniqlangan huquqbuzarlik faktini tasdiqlash maqsadida dalolatnoma rasmiylashtirayotgan vaqtida fuqaro G`.Tulaev unga faol qarshilik ko`rsatib, o`z xizmat vazifalarini bajarishdan voz kechishga majbur qilib, uni sha`ni va qadr qimmatini beodoblik bilan qasdan tahqirlab, haqorat qilib, uni urib tan jarohati etkazgan.

Ushbu holat yuzasidan H.Tulaevga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

ShUNGA O`XShASh YaNA BIR HOLAT: Shofirkon tumani Zarchabek MFY, Zarchabek ko`chasida yashovchi, 1951 yilda tug`ilgan Shofirkon davlat o`rmon xo`jaligi o`rmonchisi Maxmudov Yoqub Xojievich Shofirkon tuman “Setlak” cho`l massivida o`z xizmat faoliyatini olib bora turib, o`rmon xo`jaligi dala maydonlarida o`simlik va hayvonot dunyosiga noqonuniy zarar etkazishni oldini olishda ifodalangan xizmat vazifalari bilan bog`liq qonuniy faoliyatini bajarayotgan vaqtida, Peshko` tumani, Yangiobod MFY, Ofandar qishlog`ida yashovchi, Narziev Ismoil Iskandar o`g`li va shu manzilda yashovchi Ro`ziev Samandar Iskandar o`g`illari o`rmon xo`jaligi o`rmonchisi Yo.Maxmudovga faol qarshilik ko`rsatib, uni urib, qasddan badanga og`ir shikast etkazgan holda, Yo.Maxmudovning xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishga majbur qilganlar.

Mazkur holat yuzasidan I.I.Narziev va S.I.Ro`zievlarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 2-qismi va 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1