AsosiyJinoyat
4776

​BUXORO IIB: “BUXORODA IJARADA TURGAN AYoL O`ZI YaShAB KELGAN XONADONNI TUNAB KETDI”

'​BUXORO IIB: “BUXORODA IJARADA TURGAN AYoL O`ZI YaShAB KELGAN XONADONNI TUNAB KETDI”'ning rasmi

Buxoro shahar IIBga Jondor tumani, Dalmun QFY, Xo`jaobod qishlog`ida yashovchi, uy bekasi Qo`chqorova Jamila Shokirovna ariza bilan murojaat qilib, unga tegishli bo`lgan, Buxoro shahar, T.Farog`iy ko`chasi 4-uy, 12-xonadondan bahosi 1.700.000 so`mlik “LG” rusumli muzlatgich va bir dona bahosi 1.100.000 so`mlik “LG” rusumli televizorlari o`g`irlab ketilganligini bildiradi.

Xodimlar tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida aniqlanishicha, ushbu jinoyatni Jamila Qo`chqorovaning xonadonida ijarada yashab kelgan, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Ohangaron ko`chasi 2 “a”-uy, 38-xonadonda yashovchi, 1984 yilda tug`ilgan, muqaddam firibgarlik jinoyatlarini sodir etganligi uchun sudlangan, yakka tartibdaga mehnat faoliyati bilan shug`ullanib kelayotgan Hotamova Dildora Shavkatovna sodir qilganligi aniqlandi.

“Tuzini eb tuzlig`iga tupurgan” ayol jabrlanuvchiga jami 2.800.000 so`m miqdorda moddiy zarar etkazib o`g`rilik jinoyatini sodir qilganligi uchun yana takroran qonun oldida javob beradigan bo`ldi. Buxoro viloyati IIB ma`lum qilishicha, unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar