1

MIRZO ULUG`BEK TUMANIDA QO`ShMAChILIK QILGAN AYoL QO`LGA OLINDI

Jinoyat 05.12.2017, 12:17
MIRZO ULUG`BEK TUMANIDA  QO`ShMAChILIK QILGAN AYoL QO`LGA OLINDI

Mirzo Ulug`bek tumanida o`tkazilayotgan “Antiterror-Tozalash” tadbiri davomida Mirzo Ulug`bek tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan o`z uyida qo`shmachilik qilgan ayol qo`lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

M.Ulug`bek tumanida 22 noyabr kuni soat 14.30 da, «Antiterror-Tozalash» tadbiri davomida, 1964 y.t., Yalang`och dahasi 121-uyda yashovchi K.E., o`z uyida, 30.000 so`m pul evaziga, 1995 y.t., Toshkent viloyati, Chirchiq shaxri, X.Vali ko`chasi 8-uyda yashovchi A.A. va 1997 y.t., Shayxontohur tumani, 3-tor Majlisiy ko`chasida yashovchi N.I.larga jinsiy aloqa qilish uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, ushlandi. Daliliy ashyo sifatida 30.000 so`m pul olindi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro K.E.ga nisbatan Mirzo Ulug`bek tuman IIB tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 131-m. 2-q. bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1