AsosiyJamiyat

MARG`ILONNING MATOSI YaNA KO`KLARGA KO`TARILDI!

'MARG`ILONNING MATOSI YaNA KO`KLARGA KO`TARILDI!'ning rasmi

Ayni kunlarda Koreyada YuNESKO ning nomoddiy madaniy merosni saqlash bo`yicha davlatlararo qo`mitasining 12 sessiyasi bo`lib o`tmoqda. Unda O`zbekiston nomidan Respublika hunarmandlar uyushmasi ham qatnashmoqda. Farg`ona viloyat Hunarmandlar uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedovning bizga bergan ma`lumotlariga ko`ra bugun marg`ilon xunarmandchilikni rivojlantirish markazi tomonidan yaratilayotgan atlas va adras tayyorlashni YuNESKOning nomoddiy madaniy merosning ilg`or tajribalar ro`yxatiga kiritildi. Ilk marotaba Markaziy Osiyodan xunarmandchilik markazini xalqaro miqyosida olib borayotgan ishi ilg`or tajriba sifatida dunyoda YuNESKO tomonidan jahon nomoddiy madaniy merosi reestiriga kiritildi.

Eslatib o`tamiz, avvalgi yillarda Marg`ilon katta ashulasi, askiya xamda o`zbek oshi YuNESKOning nomoddiy madaniy merosga kiritilgan edi.

Ahror Ziyo, Farg`ona

    Boshqa yangiliklar