Farg`ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga fuqaro J.R. qo`ng`iroq qilib, qo`shnisi 75 yoshli M.L. xonadon eshigini ochmayotganligi va qo`ng`iroqlarga javob bermayotganligini xabar qiladi.
Olingan xabarga asosan qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga etib borib, mahalla raisi va qo`shnilar ishtirokida maxsus qutqaruv asbob-uskunalari yordamida M.L.ning xonadoni eshigini ochib ichkariga kirib, uni behush holatda yotganligini ko`radilar. Darhol fuqaro M.L.ga birinchi tibbiy yordam ko`rsatib, malakali shifokorlarga topshirdilar.
Qo`shnining hushyorligi va qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yana bir kishining hayoti saqlab qolindi.
09.12.2017 09:53
QO`ShNINING OGOHLIGI INSON HAYoTINI SAQLAB QOLDI






