Respublikamizda soliq va boshqa majburiy to`lovlarni bankka bormasdan «CLICK»va «PAYME» to`lov tizimlari yordamida mobil telefon yoki internet orqali onlayn rejimida to`lashimkoniyati yaratilgan.
Ushbu to`lov tizimlaridan foydalanish fuqarolar uchun bepul va amalga oshirilgan to`lovlar uchun komission to`lov olinmaydi. Shuningdek, to`langan soliqlar haqidagi ma`lumotlar soliq to`lovchilarning shaxsiy kartochkalariga avtomatik ravishda qayd etiladi.
O`zbekiston Respublikasidagi barcha tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan Onlin -Uzcard plastik kartalarini saqlovchilar kartaga xizmat ko`rsatuvchi bankda yoki xohlagan bankomat hamda infokioskda Uzcard SMS-xabarnoma xizmatini o`z mobil telefoningizga ulashingiz lozim.
O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi shuni eslatib o`tadiki, soliq to`lovchilar «CLICK» va «PAYME» to`lov tizimlarining internetdagi sayti yoki mobil ilovasi yordamida mol-mulk, er, daromad (deklarasiya) soliqlarini, hisoblangan penyalar, jarimalar hamda sug`urta badallarini ham to`lashlari mumkin.
09.12.2017 12:01
SOLIQLARNI ELEKTRON TIZIMLAR YoRDAMIDA TO`LANG!
