Ayni paytda poytaxtimizda “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Bolalar va yoshlar huquqlari bo`yicha vakil (Ombudsman) instituti faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish” mavzuida davra suhbati bo`lib o`tmoqda. “Xalq so`zi” gazetasining telegramdagi rasmiy kanali orqali ma`lum qilinishicha, ushbu tadbir Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan BMTning Bolalar jamg`armasi (YuNISEF)ning mamlakatimizdagi vakolotxonasi bilan hakorlikda tashkil etildi.
Anjumanda ishtirok etayotgan muxbirimiz Omonulla Fayzievning ma`lum qilishicha, davra suhbatida “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Bolalar va yoshlar huquqlari bo`yicha vakil to`g`risida”gi qonun loyihasi qoidalari batafsil muhokama qilinadi.






