Samarqand shahrida 405 xonadonga mo`ljallangan to`qqizta ko`p qavatli uy foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Zarafshon” gazetasi xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan o`tkazilgan marosimda viloyat hokimi T.Jo`raev ishtirok etdi va yangi xonadonlarga ega bo`layotgan oilalarni tabrikladi. Viloyat hokimi yangi uylarga ko`chib kelgan yosh oilalarning baxtiyor va farovon turmush kechirishlarini niyat qilib, ushbu aholi maskanini “Baxtli hayot” mahallasi, deb nomlashni taklif etdi va bu tashabbus qo`llab-quvvatlandi. Yangi uy egalariga xonadon kalitlari hamda esdalik sovg`alari topshirildi. Shuningdek, uylar qurilishida faol ishtirok etgan bunyodkorlar, bank va boshqa xizmat ko`rsatish idoralari xodimlari ham munosib taqdirlandi.






