AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTON KONSTITUSIYaSINING 25 YILLIGIGA BAG`IShLANGAN POChTA MARKASI ChOP ETILDI

'O`ZBEKISTON KONSTITUSIYaSINING 25 YILLIGIGA BAG`IShLANGAN POChTA MARKASI ChOP ETILDI'ning rasmi

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi — 25 yil” nomli pochta markasi muomalaga kiritildi.

Marka pochta bloki ko`rinishida chop etilgan. Unda O`zbekiston Konstitusiyasi kitobining ochiq holati tasvirlangan, blokning yuqori qismida “O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi—25 yil” va “1992 — 2017” yozuvlari joylashtirilgan.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog`ozi oq silliq.

Pochta blokining o`lchami 90x80 mm, markaning o`lchami 30x42 mm.

Marka 5 ming nusxada chop etildi. Uning nominali 4000 so`m etib belgilandi.

    Boshqa yangiliklar