AsosiyJamiyat

QAShQADARYo VILOYaTIDAGI FAOLIYaTSIZ KORXONALAR TIKLANMOQDA

'QAShQADARYo VILOYaTIDAGI FAOLIYaTSIZ KORXONALAR TIKLANMOQDA'ning rasmi

Avval ma`lum qilinganidek O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 fevralda qabul qilingan PQ-2796-sonli qaroriga muvofiq, joylarda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimlarining birinchi o`rinbosarlari boshchiligida Idoralararo komissiyalar tuzilgan va ushbu komissiyaning ishchi organi sifatida Davlat raqobat qo`mitasi hududiy organlari biriktirilgan.

Qashqadaryo viloyatida o`tkazilgan xatlov natijasida 278 ta avval xususiylashtirilgan va bugungi kunda bo`sh turgan ob`ektlar aniqlangan bo`lib ular qatorida Kitob tumanidagi sobiq “Ip yigiruv”, Koson tumanidagi “Konserva zavodi”, Qamashi tumanidagi “Parrandachilik fabrikasi” va Qarshi shahridagi “KORMZ”, “Pivo zavod”, “Muborak tayyorlov sado” Muborak tumanidagi, Shahrisabz shahridagi “Kumush” AJ kabi yirikkorxonalar mavjud.

Viloyatdagi bo`sh turgan ob`ektlarning 215 tasi negizida investisiya loyihalari ishlab chiqilgan va ushbu loyihalar bo`sh turgan korxonalarni faoliyatini qayta tashkil qilishda turtki bo`lmoqda. Mazkur loyihalarni amalga oshirish doirasida 151,0 mlrd. so`mlik investisiyalar o`zlashtirilishi va 1 908 mingta yangi ish o`rinlari yaratilishi ko`zlangan.

Bugunga qadar viloyatdagi 5 ta korxona faoliyati qayta tiklanib, 100 taga yaqin qo`shimcha ishchi o`rinlari barpo etildi. Mazkur korxonalarni ishga tushirish uchun 4,0 mlrd. so`mlik sarmoyalar kiritildi.

Jumladan, Koson tumanidagi “Bunyodkor tekstil”, “Koson tog` qurilish” korxonasiga, Shahrisabz tumanidagi “Shahrisabz-35”, Yakkabog` tumanidagi “Yakkabog` sharob konserva” korxonasining foydalanilmasdan turgan bino-inshootlari negizida zamonaviy xizmat ko`rsatish va ishlab chiqarish ob`ektlari ishga tushdi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil

23 fevraldagi PQ-2796-sonli qaroriga muvofiq, qurilishi tugallanmagan ob`ektlar va bo`sh turgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanishni ta`minlamagan, shuningdek investisiya loyihalarini o`z muddatida amalga oshirmagan mulkdorlarga nisbatan ta`sir choralari qo`llanadi.

Shuningdek, Prezidentimizning joriy yil 18 apreldagi 5016-sonli Farmoniga asosan, Davlat raqobat qo`mitasiga davlat organlari va boshqa idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish vakolati berilgan bo`lib, investisiya loyihalarini amalga oshirish istagida bo`lgan avval xususiylashtirilgan ob`ektlarning mulkdorlari duch kelgan to`siq yoki muammolar yuzasidan (8-371) 259-20-23, 259-20-53, 259-21-26, 259-22-07, telefon raqamlariga murojaat qilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar