AsosiyJamiyat

ARNASOY: YoShLARNING 44TA MUAMMOSINI HAL ETISh BO`YIChA ChORA-TADBIRLAR BELGILANDI

'ARNASOY: YoShLARNING 44TA MUAMMOSINI HAL ETISh BO`YIChA ChORA-TADBIRLAR BELGILANDI 'ning rasmi

Jizzax viloyati Arnasoy tumanidagi eng chekka hudud — G`oliblar shaharchasida joylashgan informatika va xizmat ko`rsatish kasb-hunar kollejida vaqtincha ishsiz yoshlar hamda kollejning 3-bosqich o`quvchilaridan iborat jami 200nafardan ziyod yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqotda tuman hokimi o`rinbosari, viloyat mutasaddi tashkilot rahbarlari qatnashdi.

Tuman yoshlari o`zlarining muammo va takliflarini bildirishdi.

44 ta masalani joyida bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Jumladan, kollejning 3-bosqich o`quvchisi Narzullaeva Zamira eng uzoq hudud — Tuz konidan o`qishga qatnaydi. O`zi istiqomat qilayotgan hududda yoshlar uchun kompyuter saboqlari yo`q.

Zamiraga 5 yilga Aloqa bank tomonidan imtiyozli kredit ajratildi.

U endilikda ushbu kreditga kompyuter jamlanmalari olib, o`sha erdagi aholiga xizmat ko`rsatadi va yoshlarga kompyuter saboqlarini o`rgatadi.

    Boshqa yangiliklar