AsosiyJamiyat

TOShKENTDAGI XONADON OMBORXONASIDAN 232 DONA JANGOVAR O`QLAR TOPILDI

'TOShKENTDAGI XONADON OMBORXONASIDAN 232 DONA JANGOVAR O`QLAR TOPILDI'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o`tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida Yunusobod tumani hududida istiqomat qiluvchi shaxs o`z uyida qurol jangovor o`qlarini saqlab kelayotganligi haqida ma`lumot kelib tushgan.

Ushbu ma`lumot asosida 2017 yilning 13 dekabr kuni 1950 yilda tug`ilgan fuqaro Shipkov Vladimir Stepanovichning yashash xonadoni tekshirilgan. Mazkur tekshiruv davomida V.S.Shipkov, xonadon omborxonasida xarbiy qutichaga (kotelok) solingan AK-74 avtomatining 5,45 kalibrli jami 232 dona jangovor o`qlarini saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan yuqorida ko`rsatib qurol o`qlari belgilangan tartibda olinib, V.S.Shipkovga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

    Boshqa yangiliklar