1

ONAM BU...

Mutolaa 15.12.2017, 10:35
ONAM BU...


Dardi jahon dardidan ko`p

Tashvishlari limmo-lim.

Bir Oh demay yashaguvchi

Dunyoga teng - Onam bu.

Doim tashvishli yuzlar

Kutib xumor bu ko`zlar.

Har dam o`ychan nigohlar

Yolg`iz dardim - Onam bu.

O`zin o`ylamay bir dam

Farzandim der har gal ham

Bir meni quvonchim chun

Baxt almashgan - Onam bu.

O`z sog`lig`in o`ylamay hech

Men chun tashvishlanadi

Gar kerak bo`lsa joni

Fido etgan - Onam bu.

Onajonim chekkan dardga

Arzimayman, bilaman.

Men bu ulug` zot uchun

Jonni fido etgayman.

Bu dunyoda bosh egganim,

tiz cho`kkanim - Onam bu.

Sog`inchlarim, orzularim

Sarhisobi - Onam bu...

Gavhar OMONOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1