AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTONNING YaNGI RIVOJLANISh BOSQIChIDA O`ZEOAVMA HAMKORLIGINING MUHIM O`RNI

'O`ZBEKISTONNING YaNGI RIVOJLANISh BOSQIChIDA O`ZEOAVMA HAMKORLIGINING MUHIM O`RNI'ning rasmi


Poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida “O`zbekistonning yangi rivojlanish bosqichida davlat va jamiyat o`rtasida ijtimoiy muloqotni ta`minlashda OAVning o`rni” mavzuida xalqaro konferensiya bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a`zolari, mahalliy ekspertlar, vazirlik va idoralar vakillari, O`zbekistonda akkreditasiyadan o`tgan diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar rahbarlari, O`zEOAVMAga a`zo nodavlat teleradiostansiyalar direktorlari, ijodiy va texnik xodimlari, shuningdek, OAV hamda yirik reklama agentliklari vakillari ishtirok etishdi.


Anjumanni O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi raisi Firdavs Abduxoliqov kirish so`zi bilan ochib, har bir OAVning haqiqiy muloqot maydaniga, fikrlarni erkin ifodalash minbariga aylantirish lozimligini qayd etib, bu borada bugungi kunda assosiasiya tomonidan o`tib borayotgan yilda amalga oshirilgan ishlarga to`xtalib o`tdi.

Shundan so`ng, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining o`rinbosari Svetlana Ortiqova so`zga chiqib, OAV fikrlarni erkin ifodalash minabari va fuqarolarning konstitusion huquqlarini ta`minlashda muhim vosita ekanligini bildirdi.


O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag`larini boshqarish bo`yicha parlament komissiyasi raisi Akmal Saidov, O`zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori Laziz Tangriev, O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sa`dulla Hakimov, Xalqaro press-klub raisi Sherzod Qudratxo`jaev, Buyuk Britaniya birlashgan qirolligi va Shimoliy Irlandiyaning O`zbekistondagi elchisi Kristofer Allan, EXHTning O`zbekiistondagi loyihalari koordinatori Jon Mak Gregor, YuNISEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Yuliya Oleynik va boshqalar so`zga chiqib, ommaviy axborot vositalari faoliyatida son ko`rsatkichlarini bosqichma-bosqich sifat ko`rsatkichlariga aylantirish, xususan, OAVni chin ma`noda “to`rtinchi hokimiyat” darajasiga olib chiqish kerakligi bu borada O`zEOAVMA bilan keyingi bosqichlarda hamkorlikka tayyor ekanliklarini qayd etishdi.

Tadbirda ma`ruzalar davomida taqdimot va videoroliklar namoyish etildi.

Konferensiyaning ikkinchi sessiyasida nodavlat teleradiostansiyalar media-kontenti va ijodiy salohiyati, bundan tashqari, ularning iqtisodiy mustaqilligini ta`minlashning yangi usullari hamda media-bozorning o`zini-o`zi boshqarish yo`nalishlari bo`yicha taqdimotlar bo`lib o`tdi.


    Boshqa yangiliklar