AsosiyJamiyat

O`ZEOAVMA TOMONIDAN TAShKIL ETILGAN ANJUMANDAN FOTO REPORTAJ

'O`ZEOAVMA TOMONIDAN TAShKIL ETILGAN ANJUMANDAN FOTO REPORTAJ'ning rasmi

Poytaxtimizdagi “O`zEOAVMA Media-holl”da “OAV faoliyatining iqtisodiy asoslarini mustahkamlash, ularning erkinligi va mustaqilligini ta`minlashning muhim sharti: hududiy raqamli teleplatforma-O`zbekiston media-makonida yangi bozor munosabatlari va imkoniyatlar” mavzuida konferensiya tashkil etildi. Unda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborot va kommunikasiya texnologiyalari masalalari qo`mitasi, Milliy media-kengash, “International Media Service” hamda nodavlat tele va radiostansiyalar vakillari ishtirok etishdi. Anjumanda nodavlat teleradiostansiyalar media-kontenti va ijodiy salohiyati, ularning iqtisodiy mustaqilligini ta`minlashning yangi usullari hamda media-bozorning o`zini o`zi boshqarish yo`nalishlari bo`yicha taqdimotlar bo`lib o`tdi.



    Boshqa yangiliklar