AsosiyJamiyat

​QARZDORNING E`TIBORSIZLIGI QO`ShIMChA DAVLAT BOJI UNDIRILIShIGA SABAB BO`LDI

'​QARZDORNING E`TIBORSIZLIGI QO`ShIMChA DAVLAT BOJI UNDIRILIShIGA SABAB BO`LDI'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo`limi davlat ijrochisi Ixtiyor MAXSUDOVning ma`lum qilishicha, bugunga kelib fuqarolarimizda elektr energiyasi va tabiiy gaz iste`moli uchun to`lovlarni o`z vaqtida to`lash madaniyati shakllandi. Buning samarasida kommunal xizmatlarda energiya resurslari iste`molidan kelib chiqadigan qarzdorliklarni keskin kamaytirish, elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanishlarning oldini olish hamda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini ta`minlash bo`yicha ijobiy natijalarga erishilmoqda.

Ammo kommunal to`lovlarni o`z vaqtida to`lash borasidagi tushuntirish ishlaridan so`ng ham ayrim fuqarolarning foydalangan tabiiy gaz yoki elektr energiyasi haqini to`lashdan bo`yin tovlash holatlari kuzatilyapti. Bunday vaziyatda qarzdorlikni undirish sudga qaratilyapti. Oqibatda aybdor belgilangan qarzdorlik summasidan tashqari, qo`shimcha davlat bojini to`lashga sabab bo`lyapti.

Samarqand shahar Buyuk Ipak yo`li ko`chasida yashovchi fuqaro M.Nabieva tabiiy gazdan 1725064 so`m qarzi borligi haqida mutasaddilar tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, to`lovni o`z vaqtida amalga oshirmagan. Oqibatda undiruv sud orqali majburiy ijroga yuklatildi va aybdordan belgilangan asosiy qarz summasidan tashqari 86253 so`m miqdorida davlat boji undirildi.

    Boshqa yangiliklar