1

​TOShKENTDA YO`L HARAKATI IShTIROKChILARI TOMONIDAN JAMI 227 TA QOIDABUZARLIKLAR ANIQLANDI

Jinoyat 16.12.2017, 12:00
​TOShKENTDA YO`L HARAKATI IShTIROKChILARI TOMONIDAN JAMI 227 TA QOIDABUZARLIKLAR ANIQLANDI

2017 yilning 15 dekabr kuni, “Tozalash-Antiterror” tadbiri doirasida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan reydlar o`tkazildi.

Tadbirga jalb qilingan shaxsiy tarkibning asosiy e`tibori jinoyatchilikning va yo`l-transport hodisalarining oldini olish, yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash, shuningdek qo`pol turdagi yo`l harakati qoidabuzarliklari, jumladan: mast holatda transport vositasini boshqarish, transport vositasini hujjatlarsiz boshqarish va shu kabi boshqa qoidabuzarliklarini aniqlashga qaratildi.

O`tkazilgan reydlar jarayonida yo`l harakati ishtirokchilari tomonidan jami 227 ta qoidabuzarliklar aniqlandi:

Shulardan:

- mast holatda transport vositasini boshqarish – 4 ta;

- transport vositalarini hujjatsiz boshqarish – 3 ta;

- svetoforning taqiqlovchi chirog`iga rioya qilmaslik – 9 ta;

- harakat davomida uyali telefondan foydalanish – 12 ta;

- qoraytirilgan oynali transport vositasida harakatlanish– 1 ta;

- bo`ysunmaslik – 1;

- odam tashishi qoidalarini buzish – 39 ta;

- yo`l belgilariga rioya qilmaslik – 47 ta;

- havfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo`ysunmaslik – 70 ta;

- boshqa qoidabuzarliklar – 41 ta.

Jami 9 ta transport vositalari jarima maydonchasiga qo`yilgan.

Hozirda ushbu yo`nalishda tadbirlarning o`tkazilishi davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1