AsosiyJamiyat

QUTQARUVChILAR LIFTDA QOLIB KETGAN ODAMNI QUTQARIB OLDI

'QUTQARUVChILAR LIFTDA QOLIB KETGAN ODAMNI QUTQARIB OLDI'ning rasmi

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi dispetcheriga Samarqand shahrida yashovchi fuqaro A.X. qo`ng`iroq qilib elektr ta`minotidagi uzilish tufayli ko`p qavatli uyning lifti to`xtab qolganligi, lift ichida esa bir kishi qamalib qolib yordam so`rayotganligini ma`lum qiladi.

Ushbu xabarga asosan, qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga etib borib, lift ichida qolgan fuqaroni chiqarib oldilar. Qutqaruvchilarning o`z vaqtida ko`rsatgan yordamlari natijasida hech kim jabrlanmadi.

    Boshqa yangiliklar