Shunga bag`ishlab o`tkazilgan brifingda yo`lovchi tashish xizmatining bugungi holati, muammo va yutuqlar, amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlar, o`quv kursi maqsadi haqida ma`lumot berildi.
— Sayyohlik ravnaqini yuksak darajadagi transport xizmatisiz tasavvur qilish qiyin, — deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi viloyat boshqarmasi boshlig`i vazifasini bajaruvchi Dilshod Narziqulov. — Shu bois Samarqand avtomobilsozlik kollejida bo`lib o`tayotgan o`quv jarayonida haydovchilarga yo`l harakati xavfsizligi, sayyohlar bilan munosabat masalalari yuzasidan keng tushunchalar berilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining joriy yil 30 iyundagi “2017 — 2019 yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida xuddi shunday o`quv kurslarini yiliga kamida ikki marta o`tkazish ko`zda tutilgan.






