Yaqinda tashkil etilgan O`zbek millik maqom san`ati markaziga Jasur Jabborov rahbar bo`ldi. U 2016 yil iyundan O`zbekiston Badiiy jamoalar ijodiy uyushmasi administratori lavozimida faoliyat ko`rsatib kelayotgan edi. 28 yoshli Jasur Jabborov O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti bitiruvchisi (2014).
O`zbek milliy maqom san`ati markazi O`zbekiston Prezidenti ShAvkat Mirziyoevning noyabrdagi qarori asosida maqomni har tomonlama tadqiq etish, u bilan bog`liq ijro maktablari va an`analarni rivojlantirish, maqomning «oltin fondi"ni tashkil etish va boyitish, shuningdek keng targ`ib etish maqsadida tashkil etilgan edi.






