AsosiyJamiyat

KEChIRIMLILIK FAQAT O`ZBEKLARGA XOS FAZILAT

'KEChIRIMLILIK FAQAT O`ZBEKLARGA XOS FAZILAT'ning rasmi

Ma`lumki, mamlakatimizda hayotning to`g`ri yo`lidan adashganlarni ezgulikka boshlash, ularga yaxshi amallarni bajarish uchun imkoniyat berish borasidagi ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda. Ayniqsa, O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan afv etilib, oilasi bag`riga qaytayotganlar endilikda o`z hayot yo`lini mana shu yurt ravnaqi yo`lida mehnat qilish uchun sarflashga kirishmoqdalar. Marg`ilon shahrida ham insoniyniy, kechirimlilik prinsiplariga asoslangan afv etiluvchilar ro`yxatiga lozim deb topilgan fuqarolar ayni kunlarda oilalari bag`riga, yaqinlari diydoriga qaytishdi. Ular orasida shahardagi "Do`stlik" mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi Muzaffar Muhammadjonov ham bor.

Muzaffar hozir 27 yoshda. Hayoti, kelajagi va ezgu amallari hali oldinda. Rossiya Federasiyasiga ishlash uchun borib, noqonuniy diniy oqim tarafdorlari qatoriga qo`shilgan, hozirda esa ushbu aybiga chin dildan pushaymonligini bildirib, ozodlikka chiqdi. Tadbirkorlarga yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlardan xabardor bo`lgan yigit davlati, ko`p millionlik xalqi bildirgan yuksak ishonch chin qalbdan xis qilayotir. Muzaffar Muhammadjonov ozodlik naqadar ezgu ne`mat ekanligini xis qilganidayoq, qolgan umrimni faqat yaxshilikka bag`ishlayman, deya maqsad qilgan ekan. Mana bugun orzusiga erishgan Muzaffar tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`yish orqali muqaddas vatani tinchligi, taraqqiyoti, odamlar baxti kamoli uchun xissa qo`shish niyatida.

Inson hayotda adashishi mumkin. Xato qilganlarni to`g`ri yo`lga solib, bir jaholatga o`n ma`rifat bilan javob qaytarish yurtdoshlarimiz qalbida asrlarga muhrlangan oliy qadriyat. O`z qilmishining qonunga xilofligini anglab etgan va tuzalish yo`liga qat`iy o`tgan shaxslarga o`z oilasiga va jamiyatga qaytishi, ijtimoiy moslashish imkoniyatining berilishi o`zbek xalqining kechirimlilik, rahmdillik va bag`rikenglik kabi azaliy qadriyatlarining amaldagi yorqin ifodasi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruhlar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Afv etish masalalari bo`yicha komissiya bilan hamkorlikda har bir mahkum bilan yakka tartibda suhbatlar o`tkazish orqali ularning shaxsi insonparvarlik tamoyillari asosida o`rganib chiqldi. Sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi, o`z qilmishidan chin ko`ngildan pushaymonliklari, jinoyat natijasida etkazilgan zararning qoplanganligi, yoshi, sog`ligi, oilaviy ahvoli va engillashtiruvchi boshqa holatlarga alohida e`tibor qaratilib, jabrlanganlar va jamoatchilikning, jumladan, mahkum yashagan mahalla vakillarining fikrlari ham nazardan chetda qoldirilgani yo`q. Davlatimiz rahbarining avf etish to`g`risidagi farmoni ta`sir doirasiga tushib, oilasiga qaytgan hamyurtlarimizdan biri Marg`ilon shahrining "Ma`rifat" mahallasida istiqomat qilmoqda.

Chorak asrdan o`tyaptiki, O`zbekiston o`zi tanlagan taraqqiyot uchun tanlagan yo`lida dadil bormoqda. Inson huquq va erkinligini himoyalash, har bir shaxsning ozod va erkin hayot kechirish imkoniyatidan foydalanishi Konstitusiyamizda belgilangan ekan, bu maqsadlardagi amaliy harakatlar 2 ming 700 nafar mahkumni, shu jumladan, jazoni ijro etish koloniyalaridagi 956 nafar turli sharoitlar tufayli jinoyat sodir etgan, qilmishidan chin ko`ngildan pushaymon bo`lgan, tuzalish yo`liga qat`iy o`tgan, yashash joyi va jazoni ijro etish muassasasida ijobiy tavsiflangan hambrtlarimiz hayotida unutilmas mehr oqibat tuyg`usi sifatida joy olayotganini e`tirof etish joiz. Xalq manfaati oliy o`ringa ko`tarilgan mamlakatda inson omili eng yuqori cho`qqida ko`rilayotgani serquyosh O`zbekiston baxtiyorlar dunyosi ekaniga berilayotgan muqarrar javobdir.

Ahror Ziyo, Farg`ona

    Boshqa yangiliklar