AsosiyJamiyat

​ShAHRISABZLIK YoShLAR MAXSUS RO`YXATDAN ChIQARILIB, ISh BILAN TA`MINLANMOQDA!

'​ShAHRISABZLIK YoShLAR MAXSUS RO`YXATDAN ChIQARILIB, ISh BILAN TA`MINLANMOQDA!'ning rasmi

Davlatimiz rahbari har kun, har soniya barchamizni xalq qalbiga quloq solishga, odamlarning dard-tashvishlarini astoydil tinglashga, muammolarini hal etishga, amaliy yordam berishga da`vat etmoqda.

Maqsad — ayrim katta-kichik amaldorlarning ongida toshday qotib qolgan eskicha qarashlarni tag-tomiri bilan uzib tashlash, quchoq ochib xalq ichiga kirish, ularning armonlarini ushaltirish, orzularini ro`yobga chiqarish.

Ana shunday ezgu maqsadlarni o`z oldiga maqsad qilgan O`zbekiston yoshlar ittifoqi Shahrisabz tuman Kengashi mas`ullari uyma-uy yurib, xalqimizning dardi, tashvishi va muammolari bilan o`rtoqlashmoqda.

Bu esa asta-sekin o`z samarasini berayapti. Masalan, “Abziyat” MFY Xo`jabog` qishlog`ida yashovchi Zoit Imomov muammosi o`rganilib, maxsus hisobdan chiqarishga erishilgan bo`lsa, tumandagi “Avazmalik” MFYda yashovchi yosh oila — Tursunov Sobir va Kamolova Shahnoza yarashtirilib, har ikkalasi ham “OqSaroyTextile” MChJga ishga joylashtirildi.

    Boshqa yangiliklar