O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo`yicha komleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to`g`risida”ga qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko`ra, 2017 — 2027 yillarda 7 ta yangi davlat muzeyi tashkil etiladi. Ular Mo`ynoq, Qo`shrabot, Oltiariq tumanlari, Buxoro (2 ta), Nurafshon, Urganch shahrlarida faoliyat boshlaydi.
21 ta davlat muzeyining faoliyati esa qayta tashkil etiladi.
Shuningdek, 2018 yildan 33 ta davlat muzeyining faoliyati tugatiladi.
Qarorning to`liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.






