AsosiyJamiyat

QIZIL QALAMPIR NIMASI BILAN PAXTADAN KO`RA FOYDALI?

'QIZIL QALAMPIR NIMASI BILAN PAXTADAN KO`RA FOYDALI?'ning rasmi

Beruniy tumani hokimi Farhod Ermanov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev bilan uchrashuvdan so`ng o`z loyihasi haqida "O`zbekiston 24" telekanaliga intervyu berdi.

"Yaqinda muhtaram Prezidentimiz topshirig`iga asosan, biz bir guruh hokimlar, mutaxassislar Indoneziya davlatiga borib keldik. Bu davlat dunyoda asosan achchiq qalampir etishtirich eksporti bo`yicha yuqori o`rinda turadi. Shuningdek baliqchilikni rivojlantirish bo`yicha bu erda juda katta ishlar amalga oshirilayotgani bilan tanishdik. Bizga Prezidentimiz topshirig`iga binoan paxta maydonlarini kamaytirib, uning o`rniga eksportbop mahsulotlarni etishtirish bo`yicha topshiriq berilgan. Shu jumladan tumanimizda ham Indoneziyada o`rganib kelgan, qizil qalampir, achchiq qalampirni etishtirish bo`yicha oldimizga maqsad qilib olgan edik. Mana hozir Prezidentimizning o`zlari qo`llab quvvatladilar.

2018 yildan boshlab 100 gektar erda qizil qalampirni etishtirish bo`yicha tegishli fermerlar bilan kelishib, ularni ekish bo`yicha tegishli ishlarni olib boryapmiz. Buning uchun kerak bo`ladigan urug`lik, talab qilinadigan mablag`lar bo`yicha shartnomalar olib borilmoqda. Har bir gektar erdan bizning sharoitimizda qalampir etishtiradigan bo`lsak o`rtacha 1 gektar erdan 21 million so`mdan daromad to`g`ri kelmoqda. Paxta bilan solishtiradigan bo`lsak 25 sentner erga bor yo`g`i 500-600 ming so`mdan oshmayapti. Ko`rinib turibdi bu 21 million bilan 600 ming so`m o`rtasida juda katta farq bor", deydi F.Ermanov.

    Boshqa yangiliklar