SELITRA O`G`ITINI NOQONUNIY OLIB ChIQIB KETILIShIGA ChEK QO`YILDI

Jinoyat 19.12.2017, 06:08
SELITRA O`G`ITINI NOQONUNIY OLIB ChIQIB KETILIShIGA ChEK QO`YILDI

“Jizzax-Samarqand” yo`nalishi bo`ylab “Nexia” avtomobili kuzatuvida harakatlanayotgan "GAZ-53" rusumli yuk avtomashinasi “Sangzor-15” yo`l-patrul xizmati xodimlarida shubha uyg`otdi. Postda to`xtamasdan o`tgan yuk mashinasini tutishga harakat qilgan ichki ishlar xodimlariga ikkinchi mashinadagi shaxslar jiddiy qarshilik ko`rsatdi. Orqadan ta`qib qilib kelayotgan harakat xavfsizligi xizmati mashinasining yo`lini to`sib, yuk mashinasining qochib ketishiga sharoit yaratishgaharakat qildi.

Shubhali avtomashinalardagi shaxslarni qo`lga olish uchun viloyat IIB yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari “to`sib ushlash” tadbirini amalga oshirishiga to`g`ri keldi. Tadbir davomida ta`qib qilinayotgan shaxslar ichki ishlar xodimlariga faol qarshilik ko`rsatishda davom etdi.

Yo`l-patrul xizmati xodimlarining shubhasi asosli bo`lib chiqdi. Ma`lum bo`lishicha, nazoratdan qochishga harakat qilgan shaxslar “Gaz-53” avtomashinasida qo`shni viloyatga katta miqdorda selitra o`g`itini noqonuniy olib chiqib ketayotgan ekan.

Mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1