O`simliklar karantinini nazorat qilish Davlat inspeksiyasiga rahbar tayinlandi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`simliklar karantinini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi 30 avgustda tashkil etilgan edi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 18 dekabrdagi qarori bilan, Ibrohim Ergashev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`simliklar karantinini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi rahbarligiga tayinlandi.
Ibrohim Ergashev bungacha, “O`zekspomarkaz” Milliy ko`rgazmalar majmui boshqaruvi raisi lavozimini egallab turgan edi. Shuningdek, 2014-2016 yillarda O`zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiya va savdo vazirining birinchi o`rinbosari lavozimida ham ishlagan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`simliklar karantinini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 30 avgustdagi farmoniga asosan tashkil etilgan.






