7 KUNLIK NABIRASINI 1000 AQSh DOLLARIGA SOTIShGA URINGAN AYoL QO`LGA OLINDI

Jinoyat 21.12.2017, 15:25
7 KUNLIK NABIRASINI 1000 AQSh DOLLARIGA SOTIShGA URINGAN AYoL QO`LGA OLINDI

2017 yilning 22 avgust kuni Toshkent shahar Olmazor tumani Farobiy ko`chasida joylashgan oshxona oldidagi avtoturargohda Sh.S. qizi Z.J. bilan til biriktirib, Z.J.ning joriy yil 16 avgust kuni tug`ilgan farzandini 1 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtda ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan qo`lga olindi. Bu haqda Asr.uz xabar berdi.

Aniqlanishicha, Z.J. 2014 yil Buxoro viloyati Fijduvon tumanidan Toshkent shahriga kelib, ishga joylashadi. 2016 yil oktyabr oyida tanish yigitdan homilador bo`lib qoladi. Qarindosh-urug`, mahalla-ko`y oldida nomusga qolishdan qo`rqib, bola tug`ilgach, onasi Sh.S. bilan o`zaro kelishgan holda uni sotishga harakat qiladi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Olmazor tumani sudida o`tkazilgan ochiq sud majlisida mazkur jinoiy ish ko`rib chiqildi.

Sudlanuvchi Z.J. aybiga to`liq iqror bo`ldi. Adashganini, qilgan ishidan pushaymonligini bildirdi. Farzandini unga qaytarib berishni iltimos qildi, o`zi tarbiyalab, voyaga etkazishini aytdi.

Sud hukmiga binoan sudlanuvchilar Z.J. va Sh.S. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan ikki yil sinov muddati bilan ozodlikka chiqarildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1