AsosiyJamiyat

TOShKENTDA YaNGI YIL BAYRAMLARI 27 DEKABRDAN BOShLANADI

'TOShKENTDA YaNGI YIL BAYRAMLARI 27 DEKABRDAN BOShLANADI'ning rasmi

O`zbekiston poytaxtida Yangi yil tantanalari 27 dekabrdan 8 yanvargacha bo`lib o`tadi. Bu haqda Gazeta.uzazeta.uz ma`lum qildi.

12 ta maskanda Yangi yilga bag`ishlangan ommaviy madaniy tadbirlar uchun maydonlar ajratiladi. O`zbekistonning bosh archasi Abdulla Qodiriy va Labzak ko`chalari kesishmasidagi yangi «Navro`z» istirohat bog`iga o`rnatiladi.

An`anaga muvofiq Mustaqillik maydonida, Chilonzor tumanidagi Roison Electronics korxonasi qarshisida, Shayxontohur tumanidagi Xadra maydoni, «Anhor-Lokomotiv» istirohat bog`ida, Mirzo Ulug`bek tumanidagi Ekopark va «Lokomotiv» bog`ida, Olmazor tumanidagi Abdulla Qodiriy bog`ida, Yashonobod tumanidagi «Do`stlik» va «Ashxobod» bog`larida, Sergeli tumanidagi Greenpark hamda Bektemir tumanidagi «Quyoshcha nuri» bog`larida Yangi yil maydonchalari tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar