ERTAGA TOShKENT — ChIMKENT — TOShKENT AVTOBUS QATNOVI YO`LGA QO`YILADI

Jamiyat 04.01.2018, 13:05
ERTAGA TOShKENT — ChIMKENT — TOShKENT AVTOBUS QATNOVI YO`LGA QO`YILADI

O`zbekiston va Qozog`iston 5 yanvar kuni Toshkent — Chimkent — Toshkent yo`nalishi bo`yicha to`g`ridan-to`g`ri avtobus qatnovini yo`lga qo`yadi.

Ushbu yo`nalishning umumiy uzunigi 145,2 km. bo`lib, manzilga uch soatda etib boriladi.

5 yanvar kuni ilk qatnov amalga oshiriladi. Kelgusida har kuni ertalab soat 6 dan 20 gacha bir soat oraliqda muntazam qatnovlar yo`lga qo`yiladi. Avtobuslar “Toshkent” (O`zbekiston) va “Chimkent” (Qozog`iston) avtovokzallaridan qatnaydi.

Avtobus va yo`lovchilar “G`ishtko`prik” (O`zbekiston) va “Jibek Joli” (Qozog`iston) nazorat-o`tkazuv punktlari orqali o`tadi.

Avtobus va yo`lovchilar hamda ularning yuklari bojxona va chegara punktidan navbatsiz, piyoda o`tuvchilar oqimidan alohida tartibda birinchi navbatda o`tkaziladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1