Har yili mamlakatimizdagi oliy o`quv yurtlarida ta`lim olayotgan talabalarning ma`lum qismi turli sabablarga ko`ra o`qishdan chetlashtiriladi yoki o`qishni tashlashga majbur bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi davlat statistika qo`mitasining rasmiy saytida bu boradagi raqamlar e`lon qilindi.
2016 yilning 1 noyabridan 2017 yilning 1 noyabriga qadar bakalavr bosqichi talabalarining 8582 nafari oliy ta`lim muassasasidan ketgan, deyiladi ma`lumota. Ulardan 2025 nafari o`zlashtirolmasilgi sababli, 410 nafari kasalligi tufayli, 600 nafari kontrakt to`lovini to`lolmagani uchun, 2980 nafari o`qishni boshqa oliy ta`lim muassasasiga ko`chirganligi bois hamda 2567 nafari boshqa sabablarga ko`ra o`qishdan ketgan.
17.01.2018 17:41
600 nafar talaba kontrakt pulini to`lolmagani uchun o`qishni tashlashga majbur bo`lgan






